Loyihani Oʻzbekistonga joriy qilish: Doʻstlik tumanida innovatsion suv boshqaruvi
Chop etilgan
16-yangilik, jami 23 ta

Loyiha doirasida DXSh shartlari asosida tumandagi gidrotexnik inshootlar modernizatsiya qilinishi, yangilanishi, avtomatlashtirilishi va ekspluatatsiya qilinishi rejalashtirilgan. Suv resurslarini markazlashgan holda masofadan boshqarish tizimi joriy etiladi. Har bir suv isteʼmolchisi uchun avtomatik suv boshqaruvchi va monitoring qiluvchi qurilmalar oʻrnatilishi koʻzda tutilgan. Darvozalarni boshqarish muqobil energiya manbalari orqali amalga oshiriladi. Loyiha umumiy qiymati 21,6 mln. dollarni tashkil etadi.


