Andijon suv ombori: toʻgʻon xavfsizligi tekshirildi
Chop etilgan
21-yangilik, jami 23 ta

“Oʻzbekgidroenergo” AJ boshqaruv raisi boshchiligidagi ishchi guruh Andijon suv ombori toʻgʻonini koʻzdan kechirdi.
Inshootlarning ishonchliligi, drenaj va filtratsiya tizimlari, suv olish va suv tashlash inshootlarining ishi, nazorat-oʻlchov asboblari koʻrsatkichlarining aniqligi, shuningdek avtomatlashtirilgan monitoring, oʻlchov va videokuzatuv tizimlari tekshirildi.
Tashrif yakunlari boʻyicha masʼul rahbar va mutaxassislarga texnik nazorat va ekspluatatsiya xavfsizligini kuchaytirish yuzasidan topshiriqlar berildi. Suv ombori sugʻorish, ichimlik suvi taʼminoti va energetika uchun muhim ahamiyatga ega.
Manba: UzA


