Asosiy mazmunga oʻtish

Sayt menyusi

Aloqa

+998 95 929 38 39

Ofis

Moʻynoq koʻchasi 249, Toshkent

Dushanba-Juma 9:00 dan 18:00 gacha

Til va mavzu

Loyihani muhokama qilish

Respublika boʻyicha 2 million gektarda suv tejovchi texnologiyalar joriy qilingani natijasida oʻtgan yilning oʻzida 2 milliard kub metr suv tejaldi.

Chop etilgan

13-yangilik, jami 23 ta

Respublika boʻyicha 2 million gektarda suv tejovchi texnologiyalar joriy qilingani natijasida oʻtgan yilning oʻzida 2 milliard kub metr suv tejaldi.

50 dan ortiq mahalliy korxona bunday texnologiyalarni oʻzimizda chiqarayapti. Shunday boʻlsa-da, tomchilab sugʻorish joriy qilindi, deb hisobot berilgan barcha dalalarda ham bu tizim ishlamayapti. Qoraqalpogʻistonda esa lazerli tekislashga 10 milliard soʻm subsidiya berilgan boʻlsa-da, bu mablagʻ ishlatilmasdan qolmoqda. Masʼul idoralarga lazerli tekislash, suv tejovchi texnologiyalarning joriy etilishi va ishlatilishi ustidan qatʼiy nazorat oʻrnatish topshirildi.

Qoraqalpogʻistonda mavjud lazerli tekislangan yerning har gektariga 1 million soʻmdan subsidiya berish tizimi endi Xorazmda ham joriy etiladi. Umuman, kelgusi yilda suv tejovchi texnologiyalar uchun 700 milliard soʻm subsidiya, 2,5 trillion soʻm kredit ajratilishi belgilandi.

Boshqa yangiliklar

Barcha yangiliklar
  1. Suv omborlari raqamli nazoratda: 2026-yilning toʻqqiz oyi yakunlari

    Suv xoʻjaligi vazirligi 2026-yilning toʻqqiz oyi yakunlarini sarhisob qildi. 43 ta suv omboriga suv sathini nazorat qilish qurilmalari oʻrnatildi, ulardan 9 tasida optik tolali aloqa kabellari yotqizildi, 16 ta suv omborida 83 ta seysmik stansiya oʻrnatildi. 101,9 ming suvdan foydalanuvchiga jami…

  2. Andijon suv ombori: toʻgʻon xavfsizligi tekshirildi

    “Oʻzbekgidroenergo” AJ boshqaruv raisi boshchiligidagi ishchi guruh Andijon suv ombori toʻgʻonini koʻzdan kechirdi. Inshootlarning ishonchliligi, drenaj va filtratsiya tizimlari, suv olish va suv tashlash inshootlarining ishi, nazorat-oʻlchov asboblari koʻrsatkichlarining aniqligi, shuningdek…

Biz bilan bogʻlaning

Ariza qoldirish