Asosiy mazmunga oʻtish

Sayt menyusi

Aloqa

+998 95 929 38 39

Ofis

Moʻynoq koʻchasi 249, Toshkent

Dushanba-Juma 9:00 dan 18:00 gacha

Til va mavzu

Loyihani muhokama qilish
Chorvoq suv ombori
Barcha loyihalar

02 / 06 · Oʻzbekiston · 2023

Chorvoq suv ombori

Foto: Arina Pan, CC BY-SA 4.0, Wikimedia Commons
Buyurtmachi
Gidroproyekt AJ
Boshlangan yili
2023
Mamlakat
Oʻzbekiston
Uskuna turlari
04

Loyiha haqida

Chorvoq suv ombori Toshkent viloyati Boʻstonliq tumani Chorvoq qishlogʻidan 2 km uzoqlikda Chirchiq daryosida joylashgan. Suv ombor sugʻorish va gidrotexnika maqsadlariga xizmat qiladi. Toʻgʻonning uzunligi 768 m, balandligi 168 m, suv sigʻimi 2 km kubni tashkil etadi.

Chorvoq suv omborida mavjud nazorat oʻlchov qurilmalarning eski holatida monitoring ishlari inson omili orqali bajarib kelingan. Bizning loyihamiz orqali ushbu tizimni inson omilisiz toʻliq avtomatik usulga oʻtkazilib, bosimli va bosimsiz pezometrlar, filtratsiya suvlarini aniqlash (vodosliv), gidropostlar hamda meteostansiyalar monitoring qilish tizimini toʻliq raqamlashtirildi. Hozirda bu tizim yuqori aniqlikda ishlab maʼlumotlarni foydalanuvchiga yetkazib bermoqda.

Suv omborning nazorat oʻlchov qurilmalarini raqamlashtirishda quyidagi qurilmalardan foydalanildi. Bosimli pezometrlarga suv bosimini oʻlchash uchun tebranuvchan simli datchiklar, bosimsiz pezometrlarga esa suv chuqurligini oʻlchash uchun tebranuvchi simli datchiklar, filtratsiya suvlarini sarfi oʻlchash (vodosliv)da loyqalikni aniqlovchi datchik hamda tebranuvchi simli suv sathi datchiklari, gidropostlarga oʻrnatilgan ultratovushli suv sarfi hamda suv sathi datchiklari, atmosfera bosimini oʻlchash uchun barometr, harorat datchiklari qoʻyilgan. Ushbu datchiklardan keladigan maʼlumotlarni qabul qilib uzatuvchi Datalogger va Multiplexer kabi qurilmalardan foydalanildi.

Obyekt suratlari

Qoʻllanilgan uskunalar

Ushbu obyektda oʻrnatilgan oʻlchov va monitoring jihozlari.

Sxema shartli: u inshoot turini va bunday asboblar odatda oʻrnatiladigan joylarni koʻrsatadi. Bu ijro chizmasi emas — asboblarning obyektdagi aniq joylashuvi bu yerda koʻrsatilmagan.
  1. 01Tebranuvchi simli pezometrlarSurat: Tebranuvchi simli pezometrlar
  2. 02Omnialog DataloggerSurat: Omnialog Datalogger
  3. 03WR LOG wireless dataloggersSurat: WR LOG wireless dataloggers
  4. 04Elektr va tebranish simlarining yoriqlari oʻlchagichlariSurat: Elektr va tebranish simlarining yoriqlari oʻlchagichlari

Asboblar qanday koʻrinadi

Roʻyxatdagi asboblarning namunaviy tasvirlari — obyektda olingan suratlar emas.

  • Tebranuvchi simli pezometrlar

    01Tebranuvchi simli pezometrlar

  • Omnialog Datalogger

    02Omnialog Datalogger

  • WR LOG wireless dataloggers

    03WR LOG wireless dataloggers

  • Elektr va tebranish simlarining yoriqlari oʻlchagichlari

    04Elektr va tebranish simlarining yoriqlari oʻlchagichlari

Biz bilan bogʻlaning

Ariza qoldirish