
01 / 06 · Oʻzbekiston · 2024
Toʻpolang suv ombori
Foto: Artur Ustababaev, CC BY-SA 4.0, Wikimedia Commons- Buyurtmachi
- “Toʻpalang GES” Unitar korxonasi
- Boshlangan yili
- 2024
- Mamlakat
- Oʻzbekiston
- Uskuna turlari
- 05
Loyiha haqida
Toʻpolang suv ombori Oʻzbekiston Respublikasining Surxondaryo viloyatining Uzun qishlogʻidan 1.5 km uzoqlikda joylashgan. Suv ombor sugʻorish va gidrotexnika maqsadlariga xizmat qiladi. Toʻgʻonning uzunligi 410 m, balandligi 180 m, suv sigʻimi 500 mln metr kubni tashkil etadi.
Toʻpalang suv omborida mavjud nazorat oʻlchov qurilmalarning eski holatida monitoring ishlari inson omili orqali bajarib kelingan. Bizning loyihamiz orqali ushbu tizimni inson omilisiz toʻliq avtomatik usulga oʻtkazilib, bosimli va bosimsiz pezometrlar, filtratsiya suvlarini aniqlash (vodosliv), gidropostlar hamda meteostansiyalar monitoring qilish tizimini toʻliq raqamlashtirildi. Hozirda bu tizim yuqori aniqlikda ishlab maʼlumotlarni foydalanuvchiga yetkazib bermoqda.
Suv omborning nazorat oʻlchov qurilmalarini raqamlashtirishda quyidagi qurilmalardan foydalanildi. Bosimli pezometrlarga suv bosimini oʻlchash uchun tebranuvchan simli datchiklar, bosimsiz pezometrlarga esa suv chuqurligini oʻlchash uchun tebranuvchi simli datchiklar, filtratsiya suvlarini sarfi oʻlchash (vodosliv)da loyqalikni aniqlovchi datchik hamda tebranuvchi simli suv sathi datchiklari, gidropostlarga oʻrnatilgan ultratovushli suv sarfi hamda suv sathi datchiklari, atmosfera bosimini oʻlchash uchun barometr, harorat datchiklari qoʻyilgan. Ushbu datchiklardan keladigan maʼlumotlarni qabul qilib uzatuvchi Datalogger va Multiplexer kabi qurilmalardan foydalanildi.
Obyekt suratlari
Foto: Jonibek Qoʻzimurodov, CC BY-SA 4.0, Wikimedia Commons Foto: Artur Ustababaev, CC BY-SA 4.0, Wikimedia Commons
Qoʻllanilgan uskunalar
Ushbu obyektda oʻrnatilgan oʻlchov va monitoring jihozlari.
- 04Elektr va tebranish simlarining yoriqlari oʻlchagichlariSurat: Elektr va tebranish simlarining yoriqlari oʻlchagichlari
Asboblar qanday koʻrinadi
Roʻyxatdagi asboblarning namunaviy tasvirlari — obyektda olingan suratlar emas.

01Tebranuvchi simli pezometrlar

02Omnialog Datalogger

03WR LOG wireless dataloggers

04Elektr va tebranish simlarining yoriqlari oʻlchagichlari

05Ultratovushli sarf datchigi