Doʻstlik: DXSh asosida “aqlli” suv hisobi boʻyicha pilot loyiha
Chop etilgan
18-yangilik, jami 23 ta

Prezidentning 2025-yil 14-oktyabrdagi PQ-302-son qaroriga koʻra, 2026-yil 1-yanvardan Jizzax viloyatining Doʻstlik tumanida davlat-xususiy sheriklik asosida suvni boshqarish boʻyicha pilot loyiha amalga oshiriladi.
Loyihani qishloq xoʻjaligi ishlab chiqaruvchilari kooperativi amalga oshiradi: u kamida 21 mln AQSh dollari investitsiya kiritadi, 1 804 ta “aqlli” suv hisoblash qurilmasini oʻrnatadi va 437 ta fermer xoʻjaligining suv isteʼmolini shaffof hisobga olishni taʼminlaydi. Maʼlumotlar real vaqt rejimida Suv xoʻjaligi vazirligi bazasi bilan bogʻlangan “Vaziyatlar markazi” axborot tizimiga kelib tushadi.


