Toʻpolang toʻgʻoni: xavfsizlik monitoringi avtomatlashtirildi
Chop etilgan
20-yangilik, jami 23 ta

Italiyaning Sisgeo kompaniyasi Toʻpolang toʻgʻonining nazorat-oʻlchov asboblarini modernizatsiya qilish haqida maʼlumot berdi. Ishlar toʻgʻonlar monitoringi tizimlarini yangilash boʻyicha milliy dastur doirasida bajarildi.
Ilgari toʻgʻondagi datchiklar koʻrsatkichlari qoʻlda olinardi. Endi maʼlumotlarni 21 ta multipleksorli 5 ta OMNIAlog loggeri va suv ombori perimetri boʻylab 44 ta simsiz aloqa tuguni yigʻadi. Bosim va filtratsiyani 56 ta torli pyezometr, 8 ta bosim datchigi va filtratsiya sarfini oʻlchovchi 10 ta avtomatik V-shaklli sarf oʻlchagich nazorat qiladi.
Oʻn yillardan beri ishlayotgan eski torli datchiklar tekshirilib, ishda qoldirildi. Tizimni hamkorimiz Gidrotexmonitoring kompaniyasi mutaxassislari Sisgeo muhandislari nazorati ostida oʻrnatdi; maʼlumotlar real vaqt rejimida uning dasturiy platformasiga kelib tushadi.
Manba: Sisgeo


