Suv xoʻjaligi vaziri parlamentda tarmoqni raqamlashtirish haqida axborot berdi
Chop etilgan
19-yangilik, jami 23 ta

2025-yil 11-dekabrda Qonunchilik palatasida suv xoʻjaligi vazirining axboroti tinglandi. Soʻnggi toʻrt yilda “Aqlli suv” qurilmalari 13 254 ta suv olish nuqtasiga oʻrnatildi, 1 749 ta nasos stansiyasida suv sarfi nazorat qilinmoqda, 100 ta yirik suv xoʻjaligi obyektini boshqarish avtomatlashtirildi — ulardan 16 tasi 2025-yilda, bu rejaga nisbatan 125 foiz.
Vazirlik huzurida Vaziyatlar markazi tashkil etildi, “Raqamli suv xoʻjaligi” yagona platformasi ishga tushirildi. 2026-yilda respublika chegarasida kamida 300 ta, tumanlar chegaralarida esa kamida 1 895 ta raqamli suv hisoblash qurilmasini oʻrnatish, shuningdek 604 ta nasos agregatida suv sarfini onlayn monitoring qilish rejalashtirilgan.
Manba: Suv xoʻjaligi vazirligi


