Inshoot sxemasi — obyekt surati tayyorlanmoqda
- Boshlangan yili
- 2024
- Mamlakat
- Oʻzbekiston
- Uskuna turlari
- 05
Loyiha haqida
Ravotxoja suv taqsimlash inshootlarining yanada ishonchli va xavfsiz ishlashini taʼminlash, obyektda favqulodda vaziyatlar yuzaga kelishi ehtimolini oldini olish uchun boshqaruv tizimi hamda nazorat-oʻlchash qurilmalari (NOʻQ) maʼlumotlarini "onlayn tarzda monitoring qilish" va avtomatlashtirilgan tashxis nazorat tizimini yaratish. Ushbu tizim muammolar yuzaga kelganda tezkor qarorlar qabul qilish va xavf-xatarlarni kamaytirish imkonini beradi.
Obyektda shuningdek, avtomatlashtirilgan nazorat tizimi joriy etilgan boʻlib, u suv bosimi, suv darajasi, suv sarfi kabi muhim parametrlarga oʻlchovlar olib boradigan zamonaviy datchiklar va texnologiyalarni oʻz ichiga oladi. Barcha maʼlumotlar nazorat-oʻlchash qurilmalaridan real vaqtda olinib, maxsus dasturiy taʼminot yordamida tahlil qilinadi, bu esa muammolarni tez va aniq hal qilishda yordam beradi.
Tizim samaradorligini yanada oshirish uchun suv bosimi, suv darajasi, suv sarfi kabi parametrlarni oʻlchash uchun datchiklar va barcha asosiy elementlar holatini doimiy nazorat qilishni taʼminlaydigan avtomatik tizimlar ishlatilgan. Ushbu texnologiyalar obyektning xavfsizligi va ishonchliligini oshirishga yordam beradi, favqulodda vaziyatlarning oldini olish imkonini beradi.
Obyekt surati hozircha yoʻq — inshootning shartli sxemasi koʻrsatilgan.
Qoʻllanilgan uskunalar
Ushbu obyektda oʻrnatilgan oʻlchov va monitoring jihozlari.
- 01Suv bosimi va darajasini oʻlchovchi datchiklar
- 02Avtomatlashtirilgan tashxis tizimlari
- 03Onlayn monitoring tizimlari
- 04Suv sarfini oʻlchovchi datchiklar
- 05Avtomatik boshqaruv tizimlari